Akademik litseyida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Chop etish

SamDCHTI akademik litseyida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Samarqand viloyati Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hududiy boshqarmasi rahbari S. Boymurodov olib bordi.

 

Uchrashuv davomida o‘quvchi-yoshlar va pedagoglarga radikal aqidaviy oqimlar, diniy ekstremizm va aqidaparastlikning mohiyati, shuningdek, ularning jamiyat va inson hayotiga olib kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Mutaxassis tomonidan yoshlarni turli zararli g‘oyalar ta’siridan asrash, ularda hushyorlik, ma’rifat, va sog‘lom dunyoqarashni kuchaytirish borasidagi muhim jihatlar yoritib o‘tildi.

 

Tadbir ishtirokchilari radikal g‘oyalar qanday targ‘ib qilinishi, ularning yoshlar ongiga ta’sir mexanizmlari hamda bu kabi salbiy oqimlardan o‘zini himoya qilishning samarali usullari bilan tanishdilar.

 

 

SamDChTI Akademik litseyi Axborot xizmati