Yangi marralar sari tashlangan qadam

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida tahsil oluvchi o'quvchilarning xorijiy OTM larga muddatidan avval qabul qilinish ko'rsatkichi kundan kunga ortib bormoqda. Xususan, akademik litseyning ana shunday iqtidorli, bilimli o'quvchilaridan biri Norboyev Fozilbek ham muddatidan oldin xorijiy OTM ga talabalikka qabul qilindi.
Norboyev Fozilbek o'zining muntazam izlanishlari, bilim olish yo'lidagi mehnatlari samarasi sifatida Buyuk britaniya hamda Yaponiya hamkorligidagi IDU (international digital university)ga o'qishga qabul qilindi.
Fozilbek hozirda Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyining 202-guruhida tahsil olib kelmoqda.
O'quvchimizga kelgusida bundan-da yuqori marralarni zabt etib, yurtimiz rivojiga o'zining munosib hissasini qo'shishini tilaymiz.
SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati


