Alisher Navoiy tavalludining 585-yilligi munosabati bilan “Navoiy merosi — milliy maʼnaviyatimiz asosi” mavzusida insholar tanlovi oʻtkazildi

Chop etish

Joriy oʻquv yili sanasida SamDChTI akademik litseyida Ona tili va adabiyot kafedrasi fan oyligi doirasida Alisher Navoiy tavalludining 585-yilligi munosabati bilan “Navoiy merosi — milliy maʼnaviyatimiz asosi” mavzusida insholar tanlovi oʻtkazildi.

 

Mazkur tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — o‘quvchi-yoshlar qalbida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy ijodiga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularning ijodiy tafakkuri va adabiy salohiyatini rivojlantirish hamda milliy qadriyatlarimizga hurmat tuyg‘usini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

 

Tanlov davomida o‘quvchilar tomonidan mazmunli va ijodiy yondashuv asosida yozilgan insholar taqdim etildi. Eng sara ijodiy ishlar hakamlar hay’ati tomonidan baholanib, g‘olib va faol ishtirokchilar munosib taqdirlandi.

 

 

SamDChTI Akademik litseyi Axborot xizmati