Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida IIO xodimlari bilan hamkorlikda targ’ibot-tashviqot ishlari olib borildi.
Ushbu targ’ibot-tashviqot ishlari orqali akademik litsey o‘quvchilariga Narkotik moddalarning iste’moli va noqonuniy aylanishiga qarshi kurash, Aholi orasida giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy aylanishi va iste’molini oldini olish, giyohvand moddalarining salbiy oqibatlari hamda bu bo‘yicha qonunda jazo muqarrarligi tushintirib o‘tildi.
Targ’ibot-tashviqot jarayonida o'quvchilar o'zlariga kerakli savollarga soha vakilidan kerakli javoblarni olishdi.





