Alisher Navoiy tavalludi munosabati bilan “Navoiy izdoshlari — kelajak bunyodkorlari” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi

Chop etish

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida Alisher Navoiy tavalludi munosabati bilan “Navoiy izdoshlari — kelajak bunyodkorlari” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbir moderatorligi SamDCHTI Qiyosiy adabiyotshunoslik kafedrasi professori, f.f.d. U.D. Qarshibayeva tomonidan olib borildi.

 

Seminar-treningda SamDCHTI Ikkinchi chet tillar kafedrasi o‘qituvchilari — f.f.d., (PhD) T. Eshboyeva, N. Yaxyoqulova, G. Sunnatova, akademik litsey Xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi U. Mamatjonova hamda litseyning 204–205-guruh o‘quvchilari faol ishtirok etdilar.

 

Seminar davomida Alisher Navoiyning boy adabiy merosi, uning ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati va yoshlar tarbiyasidagi o‘rni yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Tadbir o‘quvchilarning bilimini oshirish, milliy qadriyatlarga hurmatni kuchaytirish hamda ijodiy fikrlashni rivojlantirishga xizmat qildi.

 

 

SamDChTI Akademik litseyi Axborot xizmati