Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan “Soʻzda kamol topgan siymo” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Chop etish

SamDCHTI akademik litseyi o‘quvchilari tomonidan buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan “Soʻzda kamol topgan siymo” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

 

Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan Navoiy ruboiylari ifodali o‘qildi, kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari, raqslar hamda turli badiiy chiqishlar namoyish qilindi va oʻquvchilar buyuk shoirning boy adabiy merosi va ma’naviy olamini mazmunli chiqishlar orqali yoritib berdilar.

 

Tadbir yakunida faol tashkilotchilar va ishtirokchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi. Mazkur tadbir yoshlar qalbida milliy qadriyatlarimizga hurmat va adabiyotga bo‘lgan qiziqishni yanada mustahkamladi.

 

 

SamDChTI Akademik litseyi Axborot xizmati