Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543-yilligi munosabati bilan Ma’naviyat va ma’rifat soati doirasida “Vatanga oshiq shoir” mavzusida ertalabki saflanishda tadbir tashkil qilindi

Chop etish

Joriy yilning 13-fevral sanasida SamDCHTI akademik litseyida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543-yilligi munosabati bilan Ma’naviyat va ma’rifat soati doirasida “Vatanga oshiq shoir” mavzusida ertalabki saflanishda tadbir tashkil qilindi.

 

Tadbirda shoh va shoirning boy adabiy merosi, hayoti hamda Vatanga sadoqat ruhida yozilgan asarlari haqida ma’lumotlar berildi. O‘quvchilar tomonidan Bobur ijodidan she’rlar ifodali o‘qilib, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi hamda mazmunli chiqishlar orqali buyuk ajdodimiz siymosi keng yoritildi.

 

Tadbir yoshlar qalbida milliy g‘urur, ma’naviy qadriyatlarga hurmat va adabiyotga bo‘lgan qiziqishni yanada mustahkamladi.

 

 

SamDChTI Akademik litseyi Axborot xizmati