Ona tili va adabiyot fani oyligi doirasida 104-guruh o‘quvchilari ishtirokida “So‘z yasalishi yuzasidan tahlil” mavzusida noan’anaviy ochiq dars mashg‘uloti tashkil etildi
SamDCHTI akademik litseyida Ona tili va adabiyot fani oyligi doirasida 104-guruh o‘quvchilari ishtirokida “So‘z yasalishi yuzasidan tahlil” mavzusida noan’anaviy ochiq dars mashg‘uloti tashkil etildi.
Dars jarayonida
“Charxpalak”,
“Beshinchisi ortiqcha”,
“Muzyorar”,
“Bilimdon daraxt”,
“Sinkveyn”
“FSMU”
metodlaridan samarali foydalanildi.
Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, so‘z boyligi va tahliliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Interfaol metodlar orqali dars qiziqarli va samarali tashkil etilib, o‘quvchilar faol ishtirok etdilar hamda nazariy bilimlarini amaliy mashqlar orqali mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar.
Dars yakunida o‘quvchilar o‘z bilim va xulosalarini erkin bayon qilib, mavzu yuzasidan chuqur tushunchaga ega ekanliklarini namoyon etdilar.





SamDChTI Akademik litseyi Axborot xizmati


