Samarqand Fransuz Alyansida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi!

Chop etish

SamDCHTI akademik litseyi o‘quvchilari Samarqand Fransuz Alyansida tashkil etilgan ijodiy va qiziqarli mahorat darsida faol ishtirok etishdi. Tadbir davomida o‘quvchilar fransuz tilida chiroyli tabriknomalar yozish, bet belgilagichlar yasash hamda ijodiy ishlarda o‘z mahoratlarini namoyon etishdi.

 

Mazkur tadbir o‘quvchilarning xorijiy tillarga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularning ijodkorlik salohiyatini rivojlantirishga xizmat qildi.

Shuningdek, Xorijiy tillar fani o‘qituvchisi Umida Mamatjanova ham tadbirda o‘quvchilar bilan birgalikda faol ishtirok etdi va ularga yaqindan ko‘mak berdi.

 

SamDCHTI akademik litseyi o‘quvchilari bunday mahorat darslarida bundan buyon ham faol qatnashishda davom etadilar.

 

SamDChTI Akademik litseyi Axborot xizmati