Akademik litsey informatika fani oʻqituvchisi N. Axrorova tomonidan 104-guruh oʻquvchilari uchun Yoshlar texnoparkiga sayohat darsi tashkil etildi
Sayohat davomida o‘quvchilar robototexnika, 3D MAX dasturi hamda 3D texnologiyalari va ularning ishlash prinsiplari bilan yaqindan tanishdilar. Amaliy namoyishlar orqali zamonaviy texnologiyalarning yaratilish jarayoni va qo‘llanilish sohalari haqida batafsil ma’lumot oldilar.
O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob olishdi hamda yangi bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.
Bunday sayohat darslari yoshlarning texnologiyaga bo‘lgan qiziqishini oshirib, kelajak kasblarini ongli tanlashiga xizmat qiladi.
.jpg)




