Akademik litseyning iqtidorli oʻquvchilari A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot kutubxona markazida boʻlib oʻtgan “Kitobxonlik va she’riyat kechasi” tadbirida munosib ishtirok etdilar

Chop etish

Mazkur ma’naviy-ma’rifiy kecha Samarqand shahar Alisher Navoiy mahalla fuqarolar yig'ini hamda Yoshlar ishlari agentligi Samarqand shahar bo'limi hamkorligida tashkil etildi.

Tadbir davomida o‘quvchilar o‘z ijod namunalari, she’r va badiiy chiqishlari bilan ishtirok etib, kitobxonlik madaniyati va adabiyotga bo‘lgan yuksak qiziqishlarini namoyon etdilar.

 

Bunday uchrashuvlar yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, ularni mutolaa va ijodga rag‘batlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ilm va adabiyotga oshno yoshlar — yurtimiz kelajagining mustahkam poydevoridir.

 

 

SamDChTI Akademik litseyi Axborot xizmati