Kyungwoon University mehmonlari SamDCHTI akademik litseyida

Chop etish

SamDCHTI akademik litseyida xalqaro hamkorlik doirasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Janubiy Koreyaning nufuzli oliygohlaridan biri — Kyungwoon University vakillari litseyimizga tashrif buyurib, o‘quvchilar uchun seminar tashkil etdilar.

 

Seminar davomida universitetning ta’lim yo‘nalishlari, o‘qish jarayoni, grant dasturlari hamda talabalar almashinuvi imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

 

Tashrif doirasida universitet vakili Sunghee Kim hamda akademik litsey direktori D. Islomov o‘rtasida ikki ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘zaro hamkorlik shartnomasi imzolandi. Shuningdek, talabalar almashinuvi dasturi yo‘lga qo‘yilishi bo‘yicha kelishuvga erishildi.

 

Mazkur hamkorlik litsey o‘quvchilari uchun xalqaro ta’lim eshiklarini ochib beruvchi muhim qadam bo‘ldi.

 

 

SamDChTI Akademik litseyi Axborot xizmati