Ilm yo'lidagi izlanishlar o'z samarasini bermay qolmaydi

Chop etish

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida tahsil olayotgan o'quvchilar orasida muddatidan avvla nufuzli xorijiy oliy ta'lim muassasalariga qabul qilinish darajasi kundan kun ortib bormoqda.

Jumladan, Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyining 214-guruh o'quvchisi Rashidova Sangina ham muddatidan avval Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida joylashgan "Sinergiya" Xalqaro universitetining Lingvistika yo'nalishiga talabalikka qabul qilindi.

Rashidova Sanginani o'zining tinimsiz o'qish hamda izlanishlari, ustozlarining mehnatlari samarasi o'laroq erishgan mazkur yutug'i bilan tabriklab, kelgusida bundan-da yuqori marralarni zabt etishini, o'z sohasining yetuk mutaxassisi bo'lib, ilm-fan va mamlakatimiz rivojiga o'zining munosib hissasini qo'shishini tilaymiz.

 

SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati