Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi erkaklar jamoasi barcha ayol o‘qituvchilarni hamda o'quvchi qizlarni – 8-mart, Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbot etadi!
Ertalabdan iliq va bayramona kayfiyatda kutib olingan ustozlarning fidokorona mehnati yuksak qadrlanib, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatildi. Chunki ayol o‘qituvchilar – ilm-ma’rifat charog‘bonlari, yosh avlodga mehr va sabr bilan ta’lim-tarbiya beruvchi, kelajak avlodga yo‘lboshchi bo‘luvchi ulug‘ siymolardir.
Muhtarama aziz ayollar, qadirli ustozlar, aziz opa singillar sizlarga mustahkam sog‘lik, baxt, oilaviy farovonlik, bardavom muvaffaqiyatlar va fidokorona mehnatingizda ulkan zafarlar tilaymiz! Sizlarning ezgu sa’y-harakatlaringiz doimo yuksak e’tirofga loyiqdir!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!










