8-mart ,,Xalqaro xotin-qizlar kuni’’ munosabati bilan ‘’Bahor gullaridek go’zalsan ayol’’ nomli bayram tadbiri yuqori saviyada tashkil qilindi
Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida 8-mart ,,Xalqaro xotin-qizlar kuni’’ munosabati bilan erta tongdan boshlangan bayram shukuhi kuni bilan davom etdi. ‘’Bahor gullaridek go’zalsan ayol’’ nomli bayram tadbiri yuqori saviyada kuy va qo’shiqlar, ayolni tarannum etuvchi she’rlar-u, qiziqarli sahna ko’rinishlari bilan tashkil qilindi.
Akademik litseyda faoliyat yuritayotgan ayol o’qituvchilar, xo’jalik xodimlarining fidokorona mehnati yuksak qadrlanib, esdalik sovg’alari topshirildi va ularga hurmat, ehtirom ko‘rsatildi.
Shuningdek, akademik litseyda bo’lib o’tgan turli tadbir va tanlovlarda faol ishtirok etib g’oliblikni qo’lga kiritgan o’quvchilar faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.









