8-mart - “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami bilan akademik litsey ayollar jamoasini, talaba-qizlarimizni, shuningdek, sizlarning timsolingizda yurtimizdagi barcha onalar, opa-singillarimizni chin dildan muborakbod etaman
Assalomu alaykum, hurmatli hamkasblar, qadrli talabalar, muhtarama opa-singillar!
Avvalo, yurtimizga tashrif buyurgan yasharish, yangilanish fasli bo‘lgan bahor bayrami hamda oylarning sayyidi bo'lgan ramazon bilan barchangizni muborakbod etaman. Ayol deb atalmush muqaddas kalom bejizga bardavom tarannum etilmaydi. 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar bayrami kuni goʻzal va betakror yurtimizga bahor nafasi kirib kelganidan darak beradi. Qutlugʻ sanada xotin-qizlarga ehtirom koʻrsatish anʼanasi yil sayin umumdavlat ahamiyatiga ega boʻlib, yuqori maqom darajasiga koʻtarilmoqda.Shu qutlug‘ ayyom 8-mart - “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami bilan akademik litsey ayollar jamoasini, talaba-qizlarimizni, shuningdek, sizlarning timsolingizda yurtimizdagi barcha onalar, opa-singillarimizni chin dildan muborakbod etaman. Bahoriy go‘zallik hamda ko‘rkamlik sizni umr bo‘yi tark etmasin.


