Akademik litseyda “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yosh kitobxon” ko‘rik tanlovini o‘tkazildi

Chop etish

SamDCHTI akademik litseyida  Prezident Shavkat Mirziyoyevning 24-fevral kuni Ko‘ksaroy qarorgohida yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarga bag‘ishlangan muloqotining mazmun mohiyati hamda 2018-yil 12-may kuni «Buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik tanlovlarini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori ijrosi yuzasidan “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yosh kitobxon” ko‘rik tanlovini o‘tkazildi.

 

Ushbu “Yoshlar soati”da jami 6 kishidan iborat bo‘lgan 14 ta jamoasi qatnashdi. Bahs-munozaralarga boy o‘tgan musobaqa yakunida 5 ta jamoa keying bosqichga chiqish imkoniyatini qo‘lga kiritishdi.

 

Tanlovda g'oliblikni qo'lgan kiritgan 3 ta jamoa hamda eng yaxshi ishtirok etgan 2 nafar o'quvchi tanlovning final bosqichi yakunida pul mukofoti hamda qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadilar.

 

 

SamDChTI akademik litseyi axborot xizmati