13-, 14-mart kunlari “Umumxalq xayriya hashari” deb e’lon qilinganligi bois, joriy yilning shu kunlari akademik litseyni obod qilish, fayzli maskanga aylantirish maqsadida xayriya hashari tashkil qilindi
Xalqimizning havas qilsa arziydigan qadriyatlari, urf-odatlari talaygina. Shulardan biri — bu hashar. Hashar — bu ijtimoiy hamkorlik va begʻaraz yordam shakllaridan biri sanaladi. Xalqimizning ushbu an’anasi doirasida tozalik, ozodalik, ko‘cha-xiyobonlarni obod qilish, daraxtlarga ishlov berish, atrof-muhitni ozoda-sarishtaligini ta’minlash kabi ishlar bajariladi.
Yurtimizda 13-, 14-mart kunlari “Umumxalq xayriya hashari” deb e’lon qilinganligi bois, joriy yilning shu kunlari akademik litseyni obod qilish, fayzli maskanga aylantirish maqsadida xayriya hashari tashkil qilindi.
Ushbu xayriya hasharida daraxtlarning tagi ag‘darildi va oqlandi. Yangi mevali ko‘chatlar ekildi. Sinfxonalar tozalandi, yangi gul ko'chatlari o'tqazildi. Hashar doirasida barcha xodimlar, o‘qituvchilar, o‘quvchilar faol qatnashdilar.









