San’atga oshuftalik ijodkorlikni shakllantiradi

Chop etish

Muhtaram yurtboshimiz tomonidan bugungi kun yoshlarida musiqa, san’at va adabiyotga bo’lgan qiziqishni shakllantirish borasida aniq maqsad va vazifalar belgilab berilgan.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-112-son Qarori ijrosini ta’minlash bo’yicha Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, akademik litseyda tahsil olayotgan o’quvchilarda san’at va musiqaga bo’lgan qiziqishlarini oshirish, sohada yangi iste’dodlarni kashf etish va yoshlarning ijodiy faoliyatini har tomonlama qo’llab-quvvatlash maqsadida musiqa to’garagi tashkil qilingan bo’lib, unda o’quvchilar darslardan tashqari bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazmoqdalar. Shuningdek, to’garak davomida o’quvchilar turli cholg’u asboblarini mahorat bilan chalish, milliy va zamonaviy kuy-qo’shiqlarni ijro etish sir-asrorlarini o’rganmoqdalar.

Tashkil etilayotgan shu kabi to’garaklar o’quvchilar bosh vaqtlaridan unumli foydalanishlarida, bundan tashqari, ularda ijodiy qobiliyatlar shakllanib borishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati