Akademik litsey o'quvchisi AQSH universitetida grant asosida tahsil olish imkoniyatini qo'lga kiritdi

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida tahsil olayotgan o'quvchilarning muddatidan oldin nufuzli xorijiy oliy ta'lim muassasalariga qabul qilinish ko'rsatkichlari yanada ortib bormoqda.
Xususan, Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyining 209-guruh o'quvchisi Jahongirova Mohim ham "El-yurt umidi" jamg‘armasi tomonidan tashkil qilingan grantlar tanlovida muvafaqqiyatli ishtirok etib, Amerika Qo'shma shtatlarining Arizona universiteti jurnalistika yo'nalishida tahsil olish uchun yuz foizlik grantni qo'lga kiritdi.
Jahongirova Mohimni o'zining muntazam o'qish hamda izlanishlari samarasi sifatida erishgan mazkur yutug'i bilan tabriklab, kelgusida yanada yuqori marralarni zabt etishini, yetuk mutaxassis bo'lib, o'z sohasi rivojiga o'zining munosib hissasini qo'shishini tilaymiz.
SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati


