O'quvchilar bepul DTM testlarida bilimlarini sinovdan o'tkazmoqda
Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida o'quvchilarning bilimlarini yanada mustahkamlash hamda ularning oliy ta'limga kirish ko'rsatkichlarini oshirish maqsadida Samarqand davlat chet tillar instituti tomonidan Davlat test markazi bilan hamkorlikda bepul DTM testlari tashkil etildi.
Test jarayonlarida SamDCHTI akademik litseyida tahsil olayotgan barcha 2-kurs o'quvchilari ishtirok etib, majburiy hamda asosiy fanlardan tuzilgan testlar bo'yicha o'z bilimlarini sinovdan o'tkazmoqdalar.
Shuningdek, mazkur testdan nafaqat o'quvchilarning bilimini sinash, balki ularning yutuq va kamchiliklarini aniqlash, kelgusida zaruriy choralarni ko'rish, o'quvchilarning o'zlashtirish darajasi nisbatan past bo'lgan fanlar bo'yicha qo'shimcha, darslardan tashqari mashg'ulotlar tashkil qilish va natijada ularni nufuzli OTMlarga kirish imtihonlariga tayyorlash singari maqsadlar ko'zlangan.






SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati


