SamDCHTI akademik litseyi o'quvchisi IDU (Xalqaro raqamli universitet) talabasi bo'ldi

Chop etish

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida tahsil olayotgan ko'plab iqtidorli, bilimli va intiluvchan o'quvchilar nafaqat respublikamizdagi, balki xalqaro nufuzli oliy ta'lim muassasalariga ham talabalikka qabul qilinmoqda.

Akademik litseyning 212-guruhida tahsil olayotgan Tolibjonov Shohruh ham ana shunday o'quvchilardan biri. Tolibjonov Shohruh Xalqaro raqamli universitet (International digital university)ga online shaklda hujjat topshirdi, imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tib mazkur nufuzli oliygohga muddatidan avval talabalikka qabul qilindi.

Ota-onasi hamda ustozlarining ishonchini oqlagan holda o'zining bilim va izlanishlarining ilk natijasiga erishgan o'quvchimizni yutuq bilan qutlagan holda, kelgusida bundan-da yuqori marralarni zabt etishini tilaymiz.

 

SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati