Yorqin kelajak sari tashlangan qadam

Chop etish

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida tahsil olayotgan bilimli, shijoatli va iqtidorli o'quvchilarni oliy ta'limga qamrab olish maqsadida yo'lga qo'yilgan amaliy ishlar natijasi o'laroq, o'quvchilarning OTMlarga kirish ko'rsatkichlari kundan kunga ortib borayotganligi, quvonarli.

Jumladan, SamDCHTI akademik litseyi o'quvchilaridan biri Abduraxmonova Charos Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida joylashgan "Sinergiya" Xalqaro universitetining Pedagogika yo'nalishiga o'qishga qabul qilindi.

Abduraxmonova Charos hozirda akademik litseyning 201-guruhida tahsil olayotgan bo'lib, u o'zining ilm yo'lidagi muntazam izlanishlari hamda ustozlarining mehnatlari evaziga bugun ota-onasi hamda yaqinlarining ishonchini oqlagan holda porloq kelajak sari muhim qadamni tashladi. Abduraxmonova Charosni erishgan yutug'i bilan tabriklaymiz!

SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati