SamDCHTI akademik litseyi o'quvchisi Arizona universitetiga qabul qilindi
/zakovat%2016-mart/targ'ibot/Internet/shaxmat/Moskva/notiqlik/OTM/OTM/Xitoy%20tili%20g'oliblar/OTM/Parvina.jpg)
Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida tahsil olayotgan o'quvchilarning nufuzli oliy ta'lim muassasalariga kirish ko'rsatkichlari tobora ortib bormoqda.
Jumladan, akademik litseyning iqtidorli o'quvchilardan biri Ilhomjonova Parvina muddatidan oldin nufuzli xorijiy ta'lim muassasasiga, ya'ni Amerika Qo'shma Shtatlarida joylashgan Arizona universiteti(University of Arizona)ga Ingliz tili yo'nalishi bo'yicha talabalikka qabul qilindi.
Ilhomjonova Parvinani o'zining ilm yo'lidagi muntazam harakati, ustozi Razzoqova Nargizaning beminnat yordam va mehnatlari hamda ota-onasining cheksiz ishonchini oqlagan holda bugun yorqin kelajak sari yana bir muhim qadamni tashlaganligi bilan tabriklaymiz.
SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati


