Qabul 2022/2023. Hujjatlarni onlayn topshirish jarayoni boshlandi.

Joriy yilning 20-iyun sanasidan Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyiga 2022/2023-o‘quv yili uchun umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari tomonidan litsey.edu.uz portali orqali hujjatlarni onlayn topshirish jarayoni boshlandi.
Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtish jarayonida tizimga shaxsiy ma’lumotlarni kiritish bilan birga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPG) yuklashlari lozim:

Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma, passport yoki ID karta nusxasi);
joriy yilda 9-sinfni bitirganlik toʻgʻrisidagi shahodatnoma (PDF formatida hajmi 5mb dan oshmagan xolda);

3,5x4,5 sm oʻlchamdagi 1 ta rangli fotosurat;

oʻqishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar — fan olimpiadasi, tanlovlar, musobaqa gʻolibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, sertifikat, guvohnoma, shuningdek, chet tili va umumta’lim fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud boʻlsa).
Hujjatlarni onlayn qabul qilish 10-iyulga qadar (shu kuni ham soat 23:59 ga qadar) davom etadi.
Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtishda:
o‘zlari tanlagan uchtagacha akademik liseyning bittadan mos yo‘nalishini tanlashi (bunda ta’lim tili bir xil bo‘lishi kerak)
Qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini ham belgilaydi.
Shuningdek, abituriyent oʻzi tanlagan hududda (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazi yoki Toshkent shahrida) tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.
Ayni paytda SamDCHTI akademik litseyida o‘qishni istagan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish, ularni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida “Call-center” tashkil etilgan.
Murojaat uchun: (66) 233-11-54, (90) 503-17-25, (91) 187-94-41.
Shuningdek, qabul jarayoniga oid tezkor ma’lumotlar SamDCHTI akademik litseyining @matbuot_info telegram kanalida yoritib boriladi.


