Yakuniy davlat attestatsiyalari davom etmoqda

Chop etish

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyining 2021-2022-o'quv yili bitiruvchilari barcha fanlar kesimida tashkil etilayotgan Yakuniy davlat attestatsiyalaridan o'tishmoqda.

Yakuniy davlat attestatsiyalari bugun, 20-iyun kuni xorijiy tillar, xususan, ingliz, koreys hamda xitoy tillari, bundan tashqari, tarix fani bo'yicha o'tkazildi.

Imtihon jarayonlari og'zaki tarzda tashkil qilingan bo'lib, unda o'quvchilar o'quv yili davomida mazkur fanlar yuzasidan to'plagan bilimlarini bayon qildilar. E'tiborlisi, mazkur Yakuniy davlat attestatsiyalariga Samarqand davlat chet tillar instituti professor-o'qituvchilari ham jalb etilib, malakali o'qituvchilar bitiruvchilarning bilimlarini baholab bordilar.