“Maktablar: Kelajak hamkorlari” loyihasi tomonidan tashkil etilgan nemis tili markazi

1. Nemis tili markazining ochilishi          

Germaniya Respublikasining sobiq tashqi ishlar vaziri Frank-Valter SHtaynmaer “Maktablar: Kelajak hamkorlari” tashabbusini yaratdi. SHu munosabat bilan Germaniya Respulikasi Gyote institutining „Maktablar: Kelajak hamkorlari“ dasturi tashabbusi bilan 2008-yil 23-oktyabrda Samarqand Davlat universiteti qoshidagi 2-son akademik litseyida nemis tili markazi ochildi. Tadbirda Germaniyaning Toshkentdagi sobiq elchisi Mattias Mayer va elchixona vakillari, Samarqand Davlat universiteti sobiq rektori Temur SHirinov, Samarqand Davlat universiteti qoshidagi 2-son akademik litseyi sobiq direktori Azamat Umarov va bir qancha mehmonlar ishtirok etishdi. „Maktablar: Kelajak hamkorlari“ dasturining asosiy maqsadi  hamkor maktablarda  nemis tilini o‘qitish va mustahkamlash, nemis xalqlari madaniyati, adabiyoti va san’ati, urf-odatlari bilan tanishtirishdan iboratdir.

 

2. Nemis tili markazining imkoniyatlari

Markazda nemis tilini chuqur va qiziqarli o‘qitish va o‘rganish uchun hamma shart-sharoitlar, jumladan, ilmiy yo‘nalishidagi barcha turdagi 500 ga yaqin o‘quv adabiyotlar va qo‘llanmalar, yilda to‘rt marta chiqadigan ilmiy-o‘quv jurnallar, 113 ta elektron darsliklar, sun’iy yo‘ldoshga ulangan televizor, kompyuter, elektron doska, audio-DVD pleyer, multimediya proektori kabi texnik vositalar o‘quv jarayonida qo‘llash uchun tashkil etilgan. Bundan tashqari, nemis tilini yaxshi o‘rganayotgan o‘quvchilar o‘rtasida yilda bir marta Germaniyada uch haftalik o‘quv kurslariga tanlovlar o‘tkaziladi. Tanlab olingan o‘quvchilar Germaniyada uch hafta  davomida o‘qib, sayohat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi va bilim darajasini belgilab beradigan maxsus sertifikatga ega bo‘lishadi.

 

2008-yil dekabrda Gyote instituti Toshkent filiali „Maktablar: Kelajak hamkorlari“ loyihasi sobiq direktori Tomas Gyodel Germaniyaga o‘quv safariga boradigan o‘qituvchi va o‘quvchilarni tanlab oldi. Nemis tili fani o‘qituvchisi Muminov Ilyos 2008-yil dekabr oyida Germaniya Respublikasi Bonn shahrida to‘rt haftalik malaka oshirib qaytdi. Malaka oshirish safarida u maxsus sertifikat bilan taqdirlandi hamda nemis xalqi madaniyati, tarixi, qadimiy obidalari, ta’lim jarayoni haqida turli xil ma’lumotlarga ega bo‘ldi. Hozirda u o‘z bilim va malakalarini akademik litseyda joriy etib kelmoqda. Akademik litsey talabalari Hamdamov Oybek va Oblaeva Mamura 2009-yil yanvar oyida o‘tkazilgan tanlovda g‘olib chiqib, Germaniyada o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. O‘quvchilarni ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan Utemuratova Gozzal kuzatib bordi va  Germaniya davlatida o‘qish hamda sayohat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ular Germaniya Respublikasining Haydelberg shahrida qishki til kursiga qatnashdilar. SHu vaqt davomida ular Germaniya Respublikasi va uning xalqlari, madaniyati, ta’lim sohasi, tarixiy joylari haqida juda ko‘plab qiziqarli ma’lumotlar va taassurotlar bilan qaytishdi. Hozirgi kungacha akademik litseyning 5 nafar o‘qituvchilari, 14 nafar o‘quvchilari shunday imkoniyatlarga ega bo‘lishdi. 

 

3. Tadbir va ko‘rik tanlovlar

Markazda nemischa muhit yaratilganligini yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Dars jarayonida to‘liq nemis tilida gapiriladi, turli mashqlar bajariladi, qo‘shiqlar aytiladi, turli mavzular bo‘yicha munozaralar qilinadi. SHuningdek, “Maktablar: Kelajak hamkorlari” loyihasi tomonidan shaharlararo o‘tkaziladigan barcha tadbirlar, o‘quv seminarlarida faol qatnashib kelmoqdalar.

             Hozirda nemis tilini o‘rganuvchi o‘quvchilar  500 nafarni tashkil etishadi va ularga  6 nafar o‘qituvchilar ta’lim berishmoqda.    

Germaniyadan kelgan mehmonlar tez-tez ushbu markazga tashrif buyuradilar va turli xil tadbirlar o‘tkazadilar. “Fotos”  guruhi va Bates, Kronshtedta kabi mashhur nemis estrada guruhlari o‘zlarining sho‘x qo‘shiqlari bilan o‘zbek yoshlarini xursand qilib kelishmoqda. 

Germaniyaning mashhur shoir va yozuvchilari, kino sa’nat ustalari, ijodkorlar o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini foydali o‘tishini ta’minlamoqdalar. Ular tomonidan badiiy kechalar, musiqa festivali, sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

2009-yil 5-mayda janob Tomas Gyodel va Gyote institute vakillari tomonidan akademik litseyning II kurs talabalari o‘rtasida Germanida yozgi o‘quv kursi uchun imtihon o‘tkazdi va bizning Usmonova Sevara, Mamasalieva Nargiza, Haydarova Iroda va Toshpo‘latov elmurod kabi 4 nafar o‘quvchilarimiz sinovdan muvaffaqiyatli o‘tishdi. Ular 2009-yil 5-iyulda Germanida o‘qish va sayohat qilish imkoniyatini qo‘lga kiritishdi. O‘quvchilarni ingliz tili fani o‘qituvchisi Baratova Zuxra kuzatib bordi va Germanida sayohat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bundan tashqari nemis tili fani o‘qituvchisi Bahodir Nursaidov ham o‘z bilim va malakasini oshirish maqsadida 2009-yil 6-iyulda Germaniyada  o‘quv safarida bo‘lib qaytdi.

2008-2009-o‘quv yilida bo‘lib o‘tgan olimpiadaga 3-kurs o‘quvchilaridan ikki nafar o‘quvchini tayyorlandi. Aslieva Gulnoza va Hamdamov Oybek nemis tili fanidan viloyat olimpiadasida qatnashishdi. Hamdamov Oybek sovrinli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Sovrinli o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘quvchimiz Hamdamov Oybek olimpiadaning Respublika bosqichiga yo‘llanma olib, 3-6 iyun kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan Respublika olimpiadasi bosqichida faxrli 2-o‘rinni egallashga muyassar bo‘ldi va muddatdan oldin Toshkent iqtisodiyot va diplomatiya universitetining talabasi bo‘ldi.

 

2009-yil 13,14-mart kunlari Gyote-Instituti hamda “Maktablar: Kelajak hamkorlari” loyihasi musiqiy festivali haqida

Samarqand Davlat Universiteti qoshidagi 2-son akademik litsey hamda Iqtisodiyot va Servis Instituti qoshidagi 1-son akademik litseyida 2009-yil 13, 14-mart kunlari Gyote-Instituti hamda “Maktablar: Kelajak hamkorlari” loyihasi tomonidan festival bo‘lib o‘tdi.

Samarqand Davlat universiteti qoshidagi 2-son akademik litseyida 13-mart soat 14:00-18:00da  Kronshtedta va Bates tomonidan Samarqanddagi 4 ta hamkor maktablaridan 6 nafardan o‘quvchilar bilan ishchi seminar o‘tkazildi. Seminarda  14-mart kuni bo‘lib o‘tadigan tadbirga Kronshtedta va Bates ishtirokida har bir o‘quvchi o‘zlari uchun REP janrida qo‘shiq tayyoralashdi.

2009-yil 14-mart soat 14:30-15:30 da tantanali marosimning rasmiy qismi bo‘lib o‘tdi. Unda Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi madaniyat ishlari bo‘yicha referenti janob M. Novak, xorijiy maktablar ta’lim tizimi markaziy boshqarmasi rahbari Sven SHryoder, Samarqand viloyat hokimligi o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’lim boshqarmasi boshlig‘i M.M. Xolmuxammedov, Samarqand Davlat Iqtisodiyot va Servis Instituti qoshidagi 1-son akademik litseyi direktori A.A. Matlubov so‘zga chiqishdi va Samarqand shahridagi 4 ta hamkor maktablarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. SHundan so‘ng soat 15:30-16:30 da madaniy dastur boshlandi. Avval 4 ta hamkor maktablarining Kronshtedta va Bates bilan birgalikda chiqishlari bo‘lib o‘tdi, keyin esa  Kronshtedta va Bates yakkaxon chiqish qilishdi.

Tadbir o‘zbekcha madaniy dastur bilan davom etdi. Unda Samarqand shahar 51-umumta’lim maktabi, Samarqand Davlat universiteti qoshidagi 1-son akademik litseyi,  Samarqand Davlat universiteti qoshidagi 2-son akademik litseyi, Samarqand Davlat Iqtisodiyot va Servis instituti qoshidagi 1-son akademik litseyi badiiy chiqishlar qilishdi.

Festivalning davomi 2009-yil 14-mart soat 18:00 da Samarqand Davlat universiteti qoshidagi 2-son akademik litseyida bo‘lib o‘tdi. Tadbirga barcha o‘quvchilar, taklif qilindi. Kronshtedta va Bates barcha samarqandlik yoshlar uchun o‘zlarining qo‘shiqlarini namoyish etishdi va shu kuni tantanali marosim o‘z nihoyasiga etdi.

2010-yil 9-oktyabr kuni Gyote instituti “Maktablar: Kelajak hamkorlari” loyihasi tomonidan Respublikamiz miqyosida hamkor maktablar o‘rtasida futbol musobaqasi tashkil etildi. Musobaqa Samarqanddagi olimpiya zahiralari tayyorlash sport majmuasida bo‘lib o‘tdi. Unda Germaniya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari va barcha hamkor maktablar o‘quvchilari hamda o‘qituvchilari ishtirok etishdi. G‘olib maktab o‘quvchilari elchixonaning qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

2011-yildan buyon Germaniya elchixonasi tomonidan tashkil etilgan “Nemis tilida ifodali o‘qish” ko‘rik tanlovida akademik litsey 1-bosqich o‘quvchilari faol ishtirok etib kelishmoqda.

2011-yil “Mening Germaniyadagi kashfiyotim” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi. Unda xorijiy filologiya yo‘nalishi o‘quvchisi Axmedova Gullchehra Respublika miqosida 3-o‘rinni egalladi.

2011-2012 o‘quv yili viloyat olimpiadasida 2-kurs o‘quvchisi Ochilov Suhrob va 3-kurs o‘quvchisi Po‘latov Sobir 3-o‘rinlarni egallashdi va Respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

2012-2013 o‘quv yilida uch nafar 3-kurs o‘quvchilari Botirov Xurshid (310-guruh), Ochilov Suhrob, Amonova Orasta (309-guruh) 6-9 noyabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan o‘quvchilar gazetasi seminarida faol ishtirok etib qaytishdi va turli xil sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Botirov Xurshid esa ushbu o‘quvchilar gazetasining bosh muharriri etib saylandi. Ularning maqolalari akademik litsey va Goethe instituti gazetalarida, www.pasch-net.de internet saytida yoritilgan.

Ikki nafar 1-kurs o‘quvchilari Asliev Afzalbek (114-guruh) va Abdusalomova SHahlo (117-guruh) 21,22-noyavr kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan nemis tilida “Eng yaxshi o‘qish” ko‘rik-tanlovida muvaffaqiyatli qatnashib maxsus faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

Akademik litseyimizda yaratilgan mana shunday keng imkoniyatlardan o‘qituvchi va o‘quvchilarimiz  to‘liq foydalanmoqdalar va bugungi kun talabiga muvofiq yosh avlodga chet tilini yanada mukammal hamda qiziqarli  o‘rgatishga harakat qilishmoqda.

 

Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan bir yilda bir marta Respublikamizdagi barcha oily va o‘rta-maxsus ta’lim o‘qituvchilari uchun nemis tili fani o‘qituvchilari konferensiyasi o‘tkaziladi. Konferensiya davomida o‘qituvchilar turli mavzulardagi ilmiy va amaliy serminar mashg‘ulotlariga qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

2014-yil 5,8-may kunlari Toshkentdagi Gyote instituti tomonidan “Mamlakatshunoslik. Germanioyada ta’lim olish”  mavzusida seminar tashkil etildi. SamDU 2-son akademik litseyi xorijiy tillar yo‘nalishidan ikki nafar o‘quvchi Asliev Afzalbek va Xasanova Mashhura seminarga qatnashib kelishdi.   

2014-yil 3,16-avgust kunlari Toshkentdagi Gyote instituti tomonidan Germaniya davlatining Frankfurt shahrida nemis tilidan xalqaro olimpiada o‘tkazilishi munosabati bilan SamDU qoshidagi 2-son akademik litsey o‘quvchisi Xasanova Mashhura Toshkentda bo‘lib o‘tgan saralash bosqichida qatnashib keldi. 

 

2014-yil 6,7-uyun kunlari Toshkentdagi Gyote instituti tomonidan Samarqanddagi SamDU qoshidagi 1-son, SamDU qoshidagi 2-son, SamISI qoshidagi 1-son akademik litsey nemis tili o‘qituvchilari uchun malaka oshirish uslubiy seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda SamDU qoshidagi 2-son akademik litsey o‘qituvchilari Muminov Ilyos, Aslieva Gulnoza, Azizova Zarina, Abduhakimova Madina qatnashishdi.

           

 2014-yildan “ Fit in Deutsch1/2” imtihoni bo‘yicha sovrinli o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar yozgi yoshlar o‘quv kursini Toshkenda o‘qib kelmoqda. 2014-2015 o‘quv yilida 4 nafar o‘vchi Ag‘lamov Ahmadjon, Majitova Maftuna, Hamroqulov Firdavs, Nafasova Zebuniso Toshkentdagi Gyote institutida tashkil etilgan 2 haftalik yozgi yoshlar o‘quv kursini tugatib qaytishdi.

           

2015-yil 27-apreldan 1-maygacha Toshkentdagi Gyote instituti tomonidan hamkor akademik litsey o‘quvchilari uchun “Nemis tilini sirk san’ati orqali o‘rganish” master-klass tashkil etildi. SamDU qoshidagi 2-son akademik litsey o‘quvchilari Abdumannova Sitora, Rahmatullaev Ibrohim, Nosirov SHerzod Toshkentdagi Gyote institutida tashkil etilgan master-klassda qatnashib kelishdi.

 

2015-2016 o‘quv yilining 20-29 aprel kunlari germaniyalik trener Mattias Rixter tomonidan  hamkor akademik litsey matematika  o‘qituvchilari va o‘quvchilari uchun seminar va mester-klass tashkil etdi. 3 nafar SamDU qoshidagi 2-son akademik litsey o‘qituvchilari Jo‘raev Bolqin, Rayimov Pardamurod, Hamdamov Hamro Toshkentdagi Gyote institutida tashkil etilgan seminarda ishtirok etib kelishdi. 29-aprel kuni o‘quvchilar uchun seminar SamDU qoshidagi 2-son akademik litseyida tashkil etildi. 15 nafar matematika yo‘nalishida o‘qiydigan 2-3 kurs o‘quvchilari ishtirok etishdi.

 

2016-yil o‘tkazilgan nemis tilida “Ifodali o‘qish” ko‘rik tanlovida 112-guruh o‘quvchisi Xadjieva Kamola respublika miqyosida 1-o‘rinni egalladi va Germaniya elchixonasining qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

2017-yilining 11-13 sentyabr kunlari germaniyalik trener Mattias Rixter tomonidan hamkor akademik litsey matematika va informatika  o‘qituvchilari va o‘quvchilari uchun seminar va mester-klass tashkil etdi. 3 nafar SamDU qoshidagi 2-son akademik litsey o‘qituvchilari Rajabov Tirkash, Abdullaev O‘tkir, Elmurodov O‘tkir Toshkentdagi Gyote institutida tashkil etilgan seminarda ishtirok etib kelishdi. 29-30 sentyabr kunlari o‘quvchilar uchun seminar SamDU qoshidagi 2-son akademik litseyida tashkil etildi. 18 nafar matematika yo‘nalishida o‘qiydigan 2-3 kurs o‘quvchilari ishtirok etishdi.

 

2018-yil “Fit in Deutsch 1/2” imtihoni bo‘yicha sovrinli o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar yozgi yoshlar o‘quv kursini Germaniyada o‘qib kelmoqda. 2017-2018 o‘quv yilida 3 nafar o‘vchi Xojieva Kamola, Urunboeva Ozoda, Berlinda  va O‘roqboeva Sitora Bishkekda tashkil etilgan 3 haftalik yozgi yoshlar o‘quv kursini tugatib qaytishdi.

 

2018-yil iyul oyida nemis tili o’qituvchisi Muminov Ilyos Germaniya Respublikasida “Deutsch fuer Lehrkraefte” nomli seminarida qatnashish imkoniyatini qo’lga kiritib muvaffaqiyatli ishtirok etib keldi. 

 

2018-2019 o’quv yili 19- fevralda o’tkazilgan “Fit in Deutsch 1/2” va „Goethe Zertifikat B1“ bo’yicha imtihonlarda  19 nafar o’quvchilar nemis tilini bilish darajasini belgilab beruvchi A1 A2 va B1 darajali xalqaro sertifikatlarni qo’lga kiritishdi. Eng yo’qori ballni to’plagan ikki nafar o’quvchilar Eshqulova Noila va Safarova Zuhra Germaniya Respublikasida tashkil etilgan yozgi yoshlar o’quv seminarida ishtirok etib kelishdi. Sadinov Dilmurod esa B1 darajali sertifikat bilan oliy o’quv yurtiga qabul imtihonida nemis tilidan 100% ballni qo’lga kiritdi va Toshkent Xalq xo’jaligi universiteti Samarqand filialiga grant asosida o’qishga kirishga muyassar bo’ldi.

 

2019-yil avgust oyida nemis tili o’qituvchisi Xolmuratov Jahongir Germaniya Respublikasida “Deutsch fuer Lehrkraefte” nomli seminarida qatnashish imkoniyatini qo’lga kiritib muvaffaqiyatli ishtirok etib keldi. 

2019-yil sentabr oyida nemis tili o’quvchilari Nabiyeva Durdona va Mamadaliyeva Guldona “Maktablar: kelajak hamkorlari” loyihasi tomonidan tashkil etilgan teatr tanlovida g’olib chiqishdi va “Tojikistonda teatr kunlari” o’quv seminarini ishtirokchisiga aylandi. 

 

2019-yil noyabr oyida akademik litsey direktori Quziyev Zafar Boltayevich Germaniya Respublikasida “Direktorlar uchun tanishuv safari” seminarida qatnashish imkoniyatini qo’lga kiritib muvaffaqiyatli ishtirok etib keldi.