1

Ibragimov Firdavs Muhammatovich

Yoshlar ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari

 

Qabul vaqti: Seshanba, Shanba : 08:00-15:00
Telefon: +998972896006
E-mail: ibragimov.f@samdchti-al.uz

Ta’lim muassasasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil qiladi, yillik, oylik ish rejalarini ishlab chiqadi, guruh rahbarlarining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha ish rejalarining bajarilishini nazorat qiladi.

Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslariga kiruvchi fanlar bo‘yicha ta’lim standartlari talablarining bajarilishini, o‘quvchilarning tartib-intizomi va davomati, tarbiyaviy ishlar samaradorligining nazoratini amalga oshiradi.

O‘quvchilar turar joyida muqobil sharoitlar yaratish, ularni o‘rnatilgan tartib-qoidalarga amal qilishini tashkil etadi, sport seksiyalari va qiziqishi bo‘yicha to‘garaklarning doimiy faoliyatini ta’minlaydi, darsdan tashqari, ommaviy-ma’rifiy ishlar va ekskursiyalarni tashkil etadi, guruh rahbarlari tarbiyaviy ishlar sifati va natijalarini tahlil qiladi.

Umumta’lim maktablarining 9-sinf o‘quvchilarini faol kasbga yo‘naltirish ishlarini tashkil etadi.