Bugungi harakat - ertangi natija

Chop etish

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida tahsil oluvchi bilimli o'quvchilarning nufuzli xorijiy oliy ta'lim muassasalariga qabul qilinish darajasi kundan kun ortib bormoqda.

Xususan, akademik litseyning yana bir o'quvchisi Asrorqulov Abbos Xitoyning O'zbekistondagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan elchixona grantida muvafaqqiyatli ishtirok etib, Xitoy davlatining istalgan ta'lim muassasasida grant asosida tahsil olish imkoniyatini qo'lga kiritdi.

Asrorqulov Abbos hozirgi kunda SamDCHTI akademik litseyining 207-guruhida xitoy tili yo'nalishida tahsil olib kelmoqda. Abbos kelgusida Xitoydagi nufuzli OTMlardan birida tahsil olib, Xitoy tili va madaniyatini chugur o'rganib, tobora rivojlanib borayotgan O'zbekiston-Xitoy aloqalariga o'zining munosib hissasini qo'shish istagida.

Abbos singari yuqori marralar sari shahdam borayotgan yoshlar, yurtimizning buguni va ertasi egalaridir.

 

SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati