Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi axborot resurs markazi

Chop etish

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida tahsil olayotgan o'quvchilar, faoliyat yuritayotgan o'qituvchilar hamda  pedagoglarni o'quv-uslubiy qo'llanmalar, darsliklar va badiiy adabiyotlarning nafaqat ona tilimizdagi, balki qator xorijiy tillardagi na'munalari bilan ham ta'minlash maqsadida litseyda ARM fondi tashkil etilgan.

Axborot resurs markazida o'zbek, ingliz, rus hamda boshqa xorijiy tillardagi adabiyotlar foydalanish uchun topshirilgan bo'lib, o'quvchilar va xodimlar istalgan vaqtda ulardan foydalanishlari mumkin.

Shuningdek, akademik litsey kutubxonasining rasmiy web-sayti ham mavjud bo'lib, unda ARM fondidagi barcha o'quv-uslubiy, badiiiy adabiyotlar hamda o'quvchilar uchun zarur bo'lgan darsliklar elektron shaklda joylangan. O'qituvchilar, o'quvchilar, qolaversa, ota-onalar ham istalgan vaqtda saytga kirib, o'zlari uchun zarur bo'lgan elkektron qo'llanmalarni yuklab olishlari mumkin.