O’tkazilgan Kengash yig’ilishida qanday masalalar muhokama qilindi?

Bugun, 29-fevral kuni Samarqand davlat chet tillar instituti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilish davomida quyidagi masalalar kun tartibiga qo’yildi:

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Hay’ati yig‘ilishi qarorlari va buyruqlari hamda institut Kengashi qarorlarining bajarilishi, shu asosida institut vazifalari;

– Qo’shma ta’lim dasturlari fakulteti hamda institut akademik litseyi faoliyatini yanada yaxshilash hamda xalqaro hamkorlik aloqalarini bundanda kengaytirish, litsey va fakultetda yangi ta’lim yo’nalishlarini ochish;

– Talabalarning o’quv jarayonida ishtirok etishi, o’quv jarayoni hamda dars jarayonlarining davom etish holati, jumladan, ARM fondini o’quv adabiyotlari, ilmiy hamda badiiy adabiyotlar va dasrliklar bilan  yanada boyitish kabilar shular jumlasidan.