SamDCHTI qoshidagi Konfutsiy instituti “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bilan hamkorlikda “Bahor bayrami muborak” Fonuslar bayrami bazmini o‘tkazdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti qoshidagi Konfutsiy instituti “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bilan hamkorlikda “Bahor bayrami muborak” Fonuslar bayrami bazmini o‘tkazdi.

Fonuslar bayrami 2000 yildan ortiq tarixga ega boʻlgan xitoy madaniyati uchun muhim anʼanaviy bayram boʻlib, uning asosiy xususiyati turli ko’ngilochar tadbirlarni oʻtkazishdir, shuning uchun uni xitoyliklarning “bazmi” deb atashadi.

Ushbu yirik Xitoy madaniy tadbirida turli sahna ko’rinishlari, har xil noz-ne’matlar tayyorlandi hamda tomoshabinlar bilan muloqot tashkil etildi. Xitoyning O‘zbekistondagi elchisi va Shanxay xorijiy tillar universiteti rektori tabriklash uchun videomurojaat yo‘lladilar. Jarayon davomida Samarqand davlat chet tillar instituti rektori v.v.b. Fazliddin Ro'ziqulov ham so'zga chiqib, bayram munosabati bilan barchani muborakbod etdi.