Samarqand davlat chet tillari instituti akademik litseyida 8-mart Xalqaro Xotin-qizlar bayrami munosabati bilan bayram tadbiri bo’lib o’tdi

Tadbir boshida akademik litsey ijrochi direktori Boburjon Abdurazzoqov bayram munosabati bilan samimiy tabrik yo’lladi, tadbirda sahna ko’rinishlari, kuy-qo’shiqlar hamda bir-biridan go’zal raqslar ijro etildi.O’quvchilar tomonidan ommaga namoyish etilgan ona mehri haqidagi sahna ko’rinishi hamda ijro etilgan qo’shiq barchaning qalbidan joy oldi, ko’tarinki ruhda bo’lib o’tgan bayram tadbiri barchaga manzur bo’ldi. Erta tongdan boshlangan bayram kayfiyati kun so’ngigacha saqlanib qoldi.

Akademik litseyda faoliyat olib borayotgan ayol o’qituvchilar hamda xodimlar rahbariyat tomonidan esdalik sovg’alar bilan taqdirlanishdi.

 

Taqdirlash marosimida akademik litsey ijrochi direktori Boburjon Abdurazzoqov hamda rahbariyat jamoasi akademik litseyda faoliyat olib borayotgan ayol va qizlarni bayram munosabati bilan samimiy qutlashdi.

 

SamDCHTI akademik litseyi axborot xizmati