Akademik litseyda 24-aprel "Litsey kuni" tadbiri o'tkazildi.

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida 24-aprel "Litsey kuni" tadbiri o'tkazildi. Ushbu tadbirda bir qancha milliy  o'yinlar tashkil etildi.

 

Asosan 4 shart arqon tortish, kuch sinashish, talantlar shousi, dasturxon tuzash shartlari bo'yicha o'quvchilar o'zaro bellashishdi.

 

Tadbirning asosiy bellashuvi yani akademik litsey guruhlari o'rtasida "Osh chempionati" bellashuvi ham tashkil etildi.Tadbir yakunida bellashuvlar bo'yicha o'quvchilar akademik litsey tomonidan faxriy yorliq hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

 

 

SamDCHTI akademik litseyi axborot xizmati