Manfred Frueauf

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida dars jarayonlari sifat va samaradorligini yanada oshirish maqsadida xorijlik mutaxassislar bilan hamkorlik yo'lga qo'yilmoqda.

Xususan, Samarqand davlat chet tillar institutning nemis tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti sifatida faoliyat boshlagan germaniyalik mutaxassis Manfred Frueauf  bugun, 7-dekabr kuni SamDCHTI akademik litseyiga tashrif buyurib, akademik litsey ijrochi direktori Zokir Bazarov hamda Xorijiy tillar bo'yicha akademik litsey mas'ullari bilan uchrashdi.

Shuningdek mutaxassis litseyda olib borilayotgan darslar, xorijiy tillar, asosan, nemis tili darslarining tashkillashtirilishi bilan yaqindan tanishib, o’quvchilar bilan qizg'in muloqot o'tkazdi.