Akademik litseyda sportning futbol turi bo'yicha "Litsey ochiq chempionati" bo'lib o'tdi

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida, sportning futbol turi bo'yicha "Litsey ochiq chempionati" bo'lib o'tdi. Unda akademik litsey o'quvchilaridan tashkil topgan 14 ta jamoasi ishtirok etishdi, o'yinlar bahslarga boy tarzda o'tdi.

 

Musobaqa natijalariga ko'ra 204- guruh jamoasi 1-o'rinni, 102-guruh 2-o'rinni hamda kuchli uchlikni 202-  guruh yakunlab berdi. Musobaqa yakunida g'oliblar esdalik sovg'alari hamda faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi, 204-guruh chempionlik kubogini qo'lga kiritdi!

 

SamDCHTI akademik litseyi axborot xizmati