Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi, Buyuk Britaniyaning Coventry Universiteti va Toshkent shahridagi Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universitetlari bilan hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yildi

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi, Buyuk Britaniyaning Coventry Universiteti va Toshkent shahridagi Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universitetlari bilan hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yildi.

 

Buyuk Britaniyaning Coventry Universiteti bilan hamkorlikda faoliyat yuritadigan Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti prorektorlari doktor Andrea Sapienza va Anvar Nizamovlar akademik litseyga tashrif buyurishdi.

 

Muzokaralar natijasida ta’lim jarayonida uzviylikni ta’minlash, ishchi dasturlar va rejalar tayyorlash maqsadida o’zaro hamkorlik aloqalari o’rnatildi.O’zaro ilmiy hamda amaliy anjumanlar va konferensiyalar tashkil qilinib,o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida qo’shma seminarlar va master klasslar tashkil etilishi ham shular jumlasidandir.

 

SamDCHTI akademik litseyi axborot xizmati