Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi, Rossiya federatsiyasining Volgograd davlat texnika universiteti bilan hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yildi

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi, Rossiya federatsiyasining Volgograd davlat texnika universiteti bilan hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yildi.

 

Volgograd davlat texnika universitetidan fakultet dekani, dotsent Ionkina Irina Sergeyevna hamda  dotsent Harlamova Natalya Vladimirovnalar tashrif buyurishdi.

 

Muzokaralar natijasida ta’lim jarayonida uzviylikni ta’minlash, ishchi dasturlar va rejalar tayyorlash maqsadida o’zaro hamkorlik aloqalari o’rnatildi.O’zaro ilmiy hamda amaliy anjumanlar va konferensiyalar tashkil qilinib,o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida qo’shma seminarlar va master klasslar tashkil etilishi ham shular jumlasidandir.

 

SamDCHTI akademik litseyi axborot xizmati