Yaponiya raqamli universiteti rektori akademik litseyga tashrif buyurdi

Yaponiya raqamli universiteti rektori Ravshanbek Mamajonovni akademik litsey ijrochi direktori Boburjon Abdurazzoqov kutib oldi.

 

Ikki tomonlama muzokarada tomonlar o’zaro bir necha yo’nalishda hamkorlik qiladi, bulardan: akademik litseyda yapon tili yo’nalishini ochish, yapon tili markazini tashkil etish, talabalar almashinuvini yo’lga qo’yish, o’qituvchilar malakalarini oshirish hamda ko’plab qo’shma ilmiy-amaliy seminarlar o’tkazish ko’zda tutilmoqda.

 

Jarayon davomida o’quvchilar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi hamda ushbu universitetga o'qishga kirishni istaganlar uchun, akademik litseyda sayyor imtihon o'tkazildi.

 

SamDCHTI akademik litseyi axborot xizmati