Shanxay Xorijiy tillar universitetida "Xitoy tili va madaniyati" loyihasi amalga oshirilmoqda

Chop etish

O'zbekiston hamda Xitoy Xalq Respublikalari o'rtasidagi diplomatik aloqalar doirasida, Shanxay Xorijiy tillar universitetida "Xitoy tili va madaniyati" loyihasi amalga oshirilmoqda.

 

Loyiha doirasida, Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyining 2-bosqich o'quvchisi Hayotxon Nuriddinzoda loyihada ishtirok etish uchun, mazkur universitetga jo'nab ketdi.

 

Safar oldidan akademik litsey ijrochi direktori Boburjon Abdurazzoqov ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi, unda o'quvchiga kerakli tavsiyalar berildi.

 

Eslatib o'tamiz mazkur loyiha Samarqand shahridagi Konfutsiy instituti tomonidan tashkil qilingan, tanlov g'oliblari uchun amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida 15 kun davomida ishtirokchilar xitoy tili va madaniyati bilan bog'liq o'quv kurslarida qatnashadilar.

 

SamDCHTI akademik litseyi axborot xizmati